HARBIYLAR VA ULARNING OILA A’ZOLARIGA QANDAY IMTIYOZLAR BOR?

Жамият

1. Harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalariga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi.

Bunda harbiy xizmatchilarning bolalariga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.

2. Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari beriladi.

Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida turar joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi doirasida sotib olinadigan (quriladigan) turar joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi.

3. OTMga kirish uchun tasviyanoma olgan harbiy xizmatchilar quyidagi huquqlarga ega:

respublikaning OTMdagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz;

respublikaning OTMlari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMlarga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga OTMga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

Tavsiyanoma berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

4. Harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:

ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal ular uchun kiritilgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi yoxud to‘liq 12 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensasiyasi olish huquqi;

yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yer uchastkasini mustaqil o‘zlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi yoxud to‘liq 24 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensasiyasi olish huquqi.

5. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani(o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga ta’til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi.

6. Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda talabalar o‘qishini ko‘chirish bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin.

Bunda:

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish – har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish – har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

7. Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til berilishi mumkin.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, jumladan, harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga beriladi.

8. Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.

9. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanishhuquqiga ega.

10. Yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) taqdim qilingan.

11. Harbiy xizmat vazifalarini bajarishda nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

Xonobod shahar adliya

 bo‘limi 3-darajali adliya maslahatchisi B.Nazirov

Добавить комментарий