PENSIYA, NAFAQA VA BOSHQA IJTIMOIY TOʻLOVLAR BOʻYICHA O`ZGARISHLAR JORIY QILINDI.

Жамият

2022-yil 7-aprelda Prezidentning “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Eng muhim yangilik shuki, 2022-yil 1-maydan boshlab:

1) “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni oʻtab ozodlikka chiqqan fuqarolarga toʻlanadigan moddiy yordam pullari (moddiy yordam pullari) har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;

2) AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi toʻlab beriladi;

Bunda, AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yigʻinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablagʻlarini ularning xohishlariga koʻra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;

3) Barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.

Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oʻtkazish asosida hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi.

Buloqboshi tuman adliya bo`limi

bosh maslahatchisi                                                          

M.Z.Muhammedov