SAYLOV KODEKSIGA KIRITILGAN O’ZGARTIRISHLAR

Ижтимоий-сиёсий


O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2022 yil 16 iyun kuni tasdiqlangan O’RQ-779-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi.

Xususan, kodeksning 9-moddasi ettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to’ldirilib, endilikda yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari soni Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining soni esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari talablari inobatga olingan holda belgilanadi. Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tuziladi.

Shuningdek, kodeksning 19-moddasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga ko’ra  viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganda o‘n bir — yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.

Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi Senat tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovini o‘tkazish bo‘yicha tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylovga kamida yigirma besh kun qolganda o‘n bir — yigirma bir nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.

Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining raislari ushbu komissiya a’zolari orasidan saylov komissiyasi majlisida tegishli mahalliy Kengashning taqdimnomasiga binoan saylanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda esa viloyat saylov komissiyasi raisi Senat tomonidan tayinlanadi

88-modda yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga saylov O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa mahalliy Kengashlar vakolatlarining tugash muddatidan ortiq bo‘lmagan muddat uchun o‘tkazilishini ko’zda tutgan qism bilan to’ldirildi.

Bundan tashqari Kodeks 931-modda bilan to‘ldirildi. Ushbu moddaga ko’ra yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida o‘tkazilishi;

Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanishi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etilishi; Bunda saylov okrugi saylovga yigirma sakkiz kun qolganda, okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganda, saylov uchastkasi esa saylovga yigirma kun qolganda, uchastka saylov komissiyalari saylovga o‘n besh kun qolganda tuzilishi; Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganda tugallanishi belgilandi.

Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida o‘n besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida o‘ttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

Shahrixon tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti R.Mirzayev