Ushbu Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir Ma’muriy Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Bunda, fuqarolar yoki yuridik shaxslar o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Reglamentga ko’ra, ariza beruvchi ariza beruvchi davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali yer uchaskasini xususiylashtirish to’g’risida ariza taqdim etadi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki portal real vaqat rejimida va avtomatik tarzda arizani ko’rib chiqish uchun tuman(shaxar) qurilish bo’limi, davlat kadastrlar palatasi tuman (shaxar) filiali tomonidan ko’rib chiqilishi uchun “Yerxususiylashtirish” ATTga yuboriladi.
Davlat kadastrlar palatasi tuman(shaxar) filiali ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini, xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligini, xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini, yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligini ko’rib chiqadi va natijalari yuzasidan “Yerxususiylashtirish” ATT orqali kelishiladi yoki kelishishni rad qiladi.
Tuman(shaxar) qurilish bo’limlari uch ish kuni ishida arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi va natijalari yuzasidan “Yerxususiylashtirish” ATT orqali kelishiladi yoki kelishishni rad qiladi.
“Yerxususiylashtirish” ATT dasturi avtomatik tarzda arizani ko’rib chiqish natijalari yuzasidan muallifga xabartnoma yuboradi. Yagona billing tizimi esa ariza kelishilgan taqdirda dasturdagi ma’lumotlar asosida yer uchaskasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakillantiradi va xabarnomaga ilova qiladi.
Yuqoridagi xabarnoma asosida ariza beruvchi o’n ish kuni ichida yer uchaskasi sotib olishning qiymatini to’lashi zarur. Arizachi tomonidan yer uchaskasi sotib olish qiymati to’liq va o’z vaqtida to’langan taqdirda “Yerxususiylashtirish” ATT tomonidan yer uchaskasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakillantiradi va davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
O’z navbatida davlat xizmatlarini boshqarish agentligi bir ish kuni ichida yer uchaskasiga mulk huquqini beruvchi davlat o’rderiga electron raqamli imoz qo’yadi va uni davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi. Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmalari ikki ish kuni ichida davlat orderiga asosan yer uchaskasiga bo’lgan mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazadi hamda ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarning davlat reestridan ko’chirmani davlat orderi bilan birgalikda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga yoki davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Davlat ximatlari markazlari va portal rela vaqt rejimida va avtimatik tarzda davlat orderi va ko’chmas mulk obyektiga bo’lgan huquqlarning davlat reyestridan ko’chirmani ariza beruvchining electron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchi beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
B.Saidov,
Ulug’nor tumani adliya bo’limi boshlig’i.