KORRUPSIYA — MILLAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI

Жамият

Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.

Korrupsiya nima? Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib,  kelajkni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlat eng avvalo korrupsiya, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.

Aks holda, bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad xalqimizni hayotdan rozi qilish va eng muhimi, davlat idoralari bevosita xalq ichiga kirib borib, muammolar bilan tanishayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Albatta, bu jarayonda rahbarlarning mas’uliyatini oshirish va o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash hamda ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilindi.

Respublikamizda bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramasdan ming afsuski, ayrim rahbarlar orasida korrupsiyaga berilish, ta’magirlik holatlari uchrab turgani kishini taa’jubga soladi.

Qonunlarni bilmaslik biror kishini jazodan qutilishiga bahona bo‘lolmaydi. Kimdir bilib, kimdir bilmasdan deganlaridek, bunday salbiy illatlarning ko‘chasiga kirib qolganliklarini sezmay qoladilar. Achinarli tomoni shundaki, ayrim nufuzli mansab kursisida o‘tirganlar bila-turib korrupsiyaga, poraxo‘rlikka, tanish-bilishchilikka berilib ketayotgani ijtimoiy hayotimizga jiddiy xavf solmoqda.                                             

SH.TO’RAQULOV, 
SHahrixon tumani byudjetdan tashqari
Pensiya jamgarmasi bo’limi boshlig’i