MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH ASOSLARI HAQIDA BILASIZMI ?

Жамият

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-modddasiga ko‘ra

Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tugatish tushuniladi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat:

1) taraflarning kelishuvi

2) mehnat shartnomasi muddatining tugashi

3) mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish

4) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish

5) tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi

6) xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi

7) xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi

8) xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmagan taqdirda

9) taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar

10) yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish;

11) ushbu Kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qo‘shimcha asoslari to‘g‘risidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslar.

 Shuningdek mehnat shartnomasi  Mehnat Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga asoslar bo‘yicha ham bekor qilinishi mumkin.

Asaka tumani adliya bo‘limi

 yuridik xizmat ko‘rsatish

bosh yuriskonsulti: Dilfuzaxon O‘rmonova