SHAHRIXON TUMAN “DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI TOMONIDAN 2022 YIL 6 OY DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.

Жамият

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli xamda 2022 yil 18 mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish buycha kushimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori talablari asosida, Shahrixon tuman yuridik xizmat Markazi tomonidan 2022 yil 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirishga erishildi.

         Birinchi navbatda, qarorlarda ko‘rsatilgan davlat organlaridan, tuman Moliya bo‘limi, Halq ta’limi bo‘limi,  Qurilish bo‘limi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Maktabgacha ta’lim bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Irrigatsiya bo‘limi, tuman SEO va JXS bo‘limi, Veterenariya va Chorvachilik bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi jami 11 tasida doimiy ravishda olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasiga ko‘ra, ularning barchasi “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi ta’minlangan.

         Shu bilan birga, tumandagi mavjud 11 ta davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlari, ya’ni Kadr ish yurituvchi, xodimlar bo‘yicha mutaxassisi hamda hisobchi va boshqa xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan seminar-treninglar natijasiga ko‘ra ular tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimiga hujjatlar kiritishi yo‘lga qo‘yildi va 2022 yil 6-oyi davomida davlat tashkilotlari tomonidan 6316 ta buyruq va Sharnoma hujjatlar “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali qabul qilinishi ta’minlandi.

         Bugungi kunga qadar Markaz tomonidan 11 ta davlat tashkilotlarining    6316 ta hujjatlar, ya’ni buyruqlar xamda Shartnomalar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2029 tasi shaxsiy tarkib, 1498 tasi  Mehnat ta’tili, 342 tasi esa umumiy tartibdagi buyruqlarni, shuningdek 2023 ta Shartnomalar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 553 tasi Mehnat shartnomasi va 1451 tasi Fuqarolik Shartnomalari bo‘lib, ularpga ijobiy xulosalar berilgan.

        Bundan tashqari, yuqoridagi tashkilotlar tomonidan dastur orqali yuborilgan; Qonunchilikka zidligi sababli 12 xolatda buyruqlar salbiy xulosa berilgan, Kamchiliklari mavjudligi sababli 30 ta xolatda xujjavtlar qaytarilgan (rad qilingan).

          Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan tashkiloltlrni manfatlarini ko‘zlab, 52 ta holatda jami 270.514.378 so‘mlik Talabnoma kiritilgan xamda 113.565.000 so‘m mablag‘ undirilishiga erishilgan va Iqtisodiy va Fuqarolik Sudlariga 5 ta xolatda 70.464.908 so‘mlik Da’vo arizalari kiritilib, Hal qiluv qarorlar chiqarilishiga erishilgan. joylarda, ya’ni umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oilaviy poliklinika va boshqa davlat tashkilotlarida 286 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan OAV orqali 28 ta xolatda 140 tasi og‘zaki ravishdagi davra suhbatlari va ma’ruzalar hamda 119 tasi esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnilogiyalari, ya’ni internet ijtimoiy tarmog‘i orqali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, Markazga o‘tgan davr mobaynida jami 60 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, Markaz xodimlari tomonidan barcha Murojatlar ijobiy hal etildi. 

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish buycha ыщshimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori talablari yuzasidan, Maxxala va Nuroniylarn qo‘llab quvatlash bo‘limi, Oila va Xotin-qizlar bo‘limi, Aholi banligiga ko‘maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi, Qishloq xo‘jalik bo‘limi, “Sportni rivojlantirish” bo‘limi, xamda 71 ta Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 56 ta Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 3 ta Markaziy Poliklinika xamda 6 ta Oilaviy Poliklinikalar “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi taminlanib o‘zaro xujjatlar almanishi boshlandi.

  Shahrixon tuman yuridik

  xizmat markazi boshlig‘i:  O.Soliyev