Bugungi kunda Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasiga, Keshbek, “Soliq hamkor” va “Soliq tekshiruvlari” mavzusi bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tamiz.
Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida murojaat yuborgan fuqarolarga undirilgan jarimaning 20 foizini mukofot tariqasida berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo qoidalariga amal qilmaslik, jumladan, xaridorlarga chek bermaslik holatlari bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlarga nisbatan e’tirozlar tarqalmoqda.
Ta’kidlash joizki, keyingi kunlarda ayrim tadbirkorlik subyektlarida onlayn-NKM QR-kodli chekini bermaslik, plastik karta orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish yoki hujjatsiz faoliyat yuritish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, budjetga tushishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lanmasligiga sabab bo‘lmoqda.
“Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolar tomonidan yo‘llangan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlar asosida o‘rganish o‘tkazilishi mumkin. O‘rganish jarayonida murojaatda qayd etilgan holat isbotlangan taqdirdagina ushbu holat yuzasidan qonunchilik doirasida choralar ko‘riladi. Agar murojaat isbotlanmasa, hech qanday chora ko‘rilmaydi.
Davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan asossiz tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.
Shahrixon tumanida joriy yil 4-aprel holatiga «Soliq hamkor» orqali yo‘llagan murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 76 nafar fuqaroga 48,0 million so‘m mukofot to‘lab berildi. Bundan tashqari 4 nafar fuqaroga 3,0 million so‘m to’lab berish uchun tayinlandi.
Tadbirkorlarimizga shuni ma’lum qilamizki, soliq idoralarini oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad – huquqbuzarlikni aniqlab, tadbirkorni jarimaga tortish evaziga qaysidir fuqaroni moddiy rag‘batlantirish emas, balki fuqarolar tomonidan samarali jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini ta’minlash orqali halol ishlayotgan tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoiti yaratishni ta’minlashdan iborat.
O‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda chek olishni kundalik odatga, o‘ziga xos madaniyatga aylantirishimiz lozim.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan soliq ma’murchiligni takomillashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon jadallik bilan davom etmoqda. Natijada yillar davomida mamlakat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lgan murakkab soliq tizimi tubdan yangilandi. Soliq ma’murchiligini yangi bosqichini yaratatishda 2020 yilda kuchga kirgan yangi tahrirdagi soliq kodeksi asosiy omil bo‘ldi. Soliq kodeksida bir qator yangiliklar joriy etildi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.
Ha, bugungi kunda davr o‘zgargan. Faoliyatimiz endi soliqchi tadbirkorning yaqin ko‘makchisiga aylanmoqda. Shuningdek, soliq ma’murchiligidagi yengilliklar, ishbilarmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, inson omilini cheklash maqsadida sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb qilish borasidagi ishlar amalga oshirildi.
Soliq sohasiga Kiberhujumdan himoya, biznes-analitika texnologiyalari joriy qilindi. “E-ijara”, “E-imtiyoz”, “E-aktiv”, “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari”, “Soliq tekshiruvlari”, “Avtomatlashtirilgan kameral nazorat tizmi”, “Soliq uzilish koeffitsienti” kabi yangi dasturlar ishlab chiqildi.
Ayrim hollarda tadbirkorlar yangi dastur va talablarni tushunmagani bois ko‘plab savollar paydo bo‘layotgani, tadbirkorlarimizga joylarga borgan holda “Soliqchi-ko‘mkachi” tamoyili asosida yangicha ishlashni o‘rgatish va tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Soliqlar davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbayi hisoblanadi. Byudjet esa turmush farovonligimizni oshirishga xizmat qiladi. Soliq to‘lash tizimi qanchalik soddalashsa, taraqqiyotimiz ham tezlashadi, barqaror kelajagimiz kafolatlanadi.
Davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida qonuniy ishlayotgan, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan intizomli tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyatidagi muammolarni bartaraf etilishida yordam berishga hamisha tayyor.
Shuningdek, bozorda barcha uchun teng va erkin raqobat sharoitini ta’minlash hamda iste’molchlar huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha soliq to‘lovchilarni soliq qonunchiligi normalariga amal qilishga chorlaydi.