BOLANI FARZANDANLIKKA OLISH TARTIBI

Жамият

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (OK)ga yuzlanamiz ushbu kodeksning 152-moddasida voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, deb belgilangan,

Keyingi jarayon, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 298-moddasida Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi» deb belgilangan.

Farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizada:

➖farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;

➖farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to‘g‘risidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar;

➖farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish to‘g‘risidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

➖farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — bu bo‘yicha ham qo‘shimcha iltimos.

OK 159-moddasiga ko‘ra  bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.

 (ya’ni farzandilikka berilayotgan bolaning haqiqiy ota onasi) sudga yozma rozilik berishlari kerak.

So‘ngra OK 164-moddasiga asosan sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida FXDYoda qayd etiladi.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Buloqboshi tuman

adliya boʻlimi bosh malahatchisi

M.Muhammedov