O‘ZBEKISTON AHOLISI NECHA MAROTABA RO‘YXATGA OLINGAN?

Жамият

 O‘zbekiston xudidida dastlabki aholi royxati 1897-yillarda, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston xududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan keyin mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o’tkazilmagan. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda aholini ro’yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023-yilda bo‘lib o‘tadi va xar 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro’yxatga olishning xuquqiy asosi bo’lib,  2020-yil 16- marta  qabul qilingan “Axolini ro’yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xizmat qiladi. Mazkur qonun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo’lib, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Axolini ro‘yxatga olishda ishtirok etish  fuqaroning ijtimoiy burchidir.