XAYVONLARGA SHAVQATSIZ MUNOSABATDA BO‘LGANLIK UCHUN  JAVOBGARLIK BORMI?

Жамият

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
111-moddasi. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar bu holat hayvonlarning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) miqdorda jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xo‘jaobod tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:  D.Yuldashev