ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO

Жамият

Davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo‘lib qolmay, balki har bir fuqaroning majburiyati va burchi hamdir. Zotan, milliy xavfsizligimiz — biz yashayotgan mamlakat, jamiyatimiz, oilamiz xavfsizligidir.

Shu maqsadda Shahrixon tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari 2022 yilning iyul-avgust oyi davomida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo`yicha “Odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikni hamda xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borishga mo`ljallangan tadbirlarni tashkil etish bo`yicha” media-reja ijrosi yuzasidan bir qator targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berib borildi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish, ayniqsa ularga odam savdosi va majburiy mehnatning ayanchli oqibatlari haqida tushunchalar berish, ushbu illatning oldini olishda keng jamoatchilik hamda fuqarolarimizning faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Bugungi kunda butun dunyoda odam savdosi va majburiy mehnatning global muammo sifatida keng jamoatchilik diqqat markazida turibdi. Shu boisdan mamlakatimizda odam savdosi muammosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik tizimi yaratilgan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan respublikamizda odam savdosi va majburiy mehnatning muammosining salbiy oqibatlari va ushbu muammoga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar aniq dalillar misolida tushuntirildi. Odam savdosi muammosini oldini olish faqatgina davlat tashkilotlarining vazifasi emasligi, har bir fuqaro bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarga o‘zlarining faol munosabatlari bilan ko‘maklashishlari katta ahamiyat kasb etishi ham ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Shahrixon tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsuliti

N.Sayfidinov