PENSIYANI HISOBLASHDAGI O‘RTACHA OYLIK ISH HAQI MIQDORI OSHIRILADI

Жамият


«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi.

2023 yildan boshlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan o‘rtacha oylik ish haqini pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq bo‘lmagan (3 888 000 so‘m) miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqidan hisobga olish.

Natijada, 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, o‘rtacha oylik pensiya miqdori 400 ming so‘mgacha oshadi.

Xususan, 304 ming nafar yoshga doir pensiyalar, 25,2 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 23 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlarning pensiya miqdori oshishi kutilmoqda.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
Shahrixon tumani bo’limi.