ADLIYA ORGANLARIGA QO’SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILDI VA VAKOLATLARI KENGAYTIRILDI.

Жамият

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 martdaFuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash hamda huquqiy xizmat korsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish choratadbirlari togrisidagi PF-89-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko’ra 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarini vazifa, funksiya va vakolatlarini Adliya vazirligiga o‘tkazgan holda qo‘shib olish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi va Adliya vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida:

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

Intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish yo‘nalishida:

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.

Bundan tashqari mazkur Farmon bilan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasiga va bo‘ysunuviga o‘tkazildi;

Vazirlik Davlat xizmatlari agentligi hamda Intellektual mulk agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda intellektual mulk (intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish) sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasini ifodalovchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

Davlat xizmatlari agentligi hamda Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamg‘armalari ularni shakllantirish manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini saqlagan holda barcha qoldiq mablag‘lari bilan birgalikda Vazirlik tasarrufiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq 2022-yil 1-maydan boshlab:

qonunchilikka muvofiq mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlarini qabul qilishda hududiy adliya organlari ijobiy xulosasi olinishi belgilangan hollarda, bunday xulosa olinmasdan tegishli qarorlarni qabul qilish (chiqarish)ga yo‘l qo‘yilmaydi;

Vazirlik tomonidan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati monitoring qilinadi hamda uning natijasi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boriladi.

2023-yil 1-apreldan boshlab:

mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasida (keyingi o‘rinlarda — Yagona baza) saqlanadi;

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul — operator etib belgilanadi;

obyektning elektron nazorat nusxalari Yagona bazaga mualliflik huquqi obyektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan joylashtiriladi;

mualliflik huquqi obyektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan obyektning elektron nazorat nusxalari Yagona bazaga kiritilgandan so‘ng, uning saqlovga qabul qilinganligi to‘g‘risida hujjat taqdim qilinadi.

Shuningdek Vazirlikka:

2022-yil 1-iyulga qadar mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2023-yil 1-yanvarga qadar Yagona baza ishlab chiqilib, joriy etilishini ta’minlash yuklatildi.

Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berildi:

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash;

intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash;

davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda yuzaga kelgan mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish.

Vazirlik huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutiga quyidagi huquqlar berildi:

tahlil va tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida zarur statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, hujjatlar va boshqa axborotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan bepul tarzda so‘rash va olish;

davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti bilan Adliya vazirligi bilan birgalikda joyiga chiqqan holda tanishish;

tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarining tajribali olimlari, boshqa xodimlari va ekspertlarini shartnoma asosida jalb etish;

shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni (ularni amalga oshirish xarajatlarini chegirib tashlagan holda) 80 foizgacha xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga yo‘naltirish.

Vazirlik tuzilmasida:

a) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida:

Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi, Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasidan iborat Xalqaro-huquqiy hamkorlik departamenti;

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi hamda Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi negizida Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi;

Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi negizida Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi;

Qonun hujjatlarini tahlil qilish va tizimlashtirish boshqarmasi hamda Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi negizida Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etildi;

b) Davlat xizmatlari agentligi hamda Intellektual mulk agentligi qo‘shib olinishi munosabati bilan bo‘shayotgan shtat birliklari doirasida:

Davlat xizmatlari departamenti;

Intellektual mulk departamenti tashkil etildi.

Shahrixon tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti   R.R.Mirzayev